O‘zbekistonda aholining qancha qismi to‘liq vaksina olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda aholining qancha qismi to‘liq vaksina olgani ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari 2021 yil 1 apreldan boshlangan edi.

Ilk oylarda ikkita vaksina turi — ZF-UZ-VAC2001 va AstraZenecadan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik vaksinalar turi 7 taga yetdi. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston pandemiya sharoitida vaksinaga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘la ta’minlashni uddalay oldi.

O‘tgan 16 oylik emlash jarayonini tahlil qilsak, shu kunga qadar jami 62,3 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi.

Yurtimiz aholisining 16,1 million nafardan ziyodi to‘liq vaksina kursini oldi.

To‘liq emlanganlarning 14,2 million nafari koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasini ham qabul qilib, aholi orasida SOVID-19ga qarshi ommaviy immunitetni shakllashtirish jarayoniga hissa qo‘shdi.

O‘zbekiston aholisi orasidagi emlanuvchi qatlamning 96.9 foizi birinchi doza bilan, 75,3 foizi to‘liq vaksinasiya kursi bilan qamrab olindi.

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, hududlar kesimida qo‘llanilgan vaksinalar Samarqand viloyatida 7 million, Farg‘ona, Toshkent va Andijon viloyatlarida 6 million, Namangan viloyati va Toshkent shahrida 5 million dozadan oshganini ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!