O‘zbekistonda 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab sel toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonda 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab sel toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

"O‘zgidromet" markazi joriy yilning 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida shoshilinch xabar berdi.

Unga ko‘ra,

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

O‘zbekistonda 6-8 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab sel toshqinlari yuzaga kelishi mumkin


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!