O‘zbekiston va Xitoy yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Xitoy yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

"O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hukumat tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha asosida “Evro-5” sinfidagi, yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o‘tish va “Evro-2” sinfidagi AI-80 benzinidan voz kechish belgilangan.

Shuningdek, loyihada “Evro-5” sinfidagi yuqori oktanli “AI-92” va “AI-95” benzinlarini 60 foiz va 40 foiz hajmda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Uni parallel loyihalash va qurish “Fast-Track” rejimida amalga oshiriladi.

Ayni kunlarda ushbu loyihani tatbiq etish bo‘yicha dastlabki choralar ko‘rilmoqda.

2024 yil 14 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ va "CPECC" (China Petroleum Engineering and Consruction Coorparation) kompaniyasi o‘rtasida asosiy loyihani ishlab chiqish bo‘yicha bitimning imzolanishi ham shunday sa’y-harakatlardandir.

Bundan avvalroq, ya’ni joriy yilning aprel oyida Fransiyaning texnologiya lisenziri “Axens” kompaniyasi bilan loyiha hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!