O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki davlat hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi

A A A
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki davlat hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi

27 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, bu platforma olti yil avval ikki davlat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, qo‘shma Hududlararo hamkorlik forumi shaklida faoliyat yuritgan.

Hududlararo hamkorlikning jadal sur’ati, o‘zaro investisiyalarning yuqori dinamikasi, qo‘shma loyihalar soni, shuningdek, hamkorlik sohalarini kengaytirish uchun katta salohiyatni hisobga olib, forum maqomini oshirish va uni Prezidentlar raisligidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashiga aylantirishga qaror qilindi.

Kengash majlisini ochar ekan, davlatimiz rahbari Prezident Vladimir Putin va Rossiya delegasiyasi vakillarini, jumladan, 30 ga yaqin hudud rahbarlari va 300 nafar yetakchi sanoat korxonalari va biznes vakillarini samimiy qutladi.

– Bunday hamkorlik yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga xizmat qiladi, – deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Bugungi oliy darajadagi muzokaralar samarali natijalar bilan yakunlangani, ikki davlat va xalqlar manfaatlari yo‘lida keng qamrovli sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni ko‘rsatgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yil boshidan beri barcha darajadagi, jumladan, ikki davlat hududlari o‘rtasidagi aloqalarning faollashgani alohida ta’kidlandi. Birgina o‘tgan haftada O‘zbekiston viloyatlari delegasiyalari Rossiyadagi sherik hududlarga tashrif buyurdi.

Shu ma’noda, hududlararo muloqotni yanada rivojlantirish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Bugungi kunda hududlar darajasida 4 milliard dollarlik 200 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Kengash majlisi doirasida 5 milliard dollarlik yangi shartnomalar to‘plami tayyorlangan.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 30 milliard dollarga yetkazish va kelasi yili 10 milliard dollar investisiya o‘zlashtirish bo‘yicha yangi maqsadlar belgilab olingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Maqsadlarga erishishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi aynan ikki davlat hududlari bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan davlatimiz rahbari hamkorlikning qator ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Avvalo, o‘zaro savdoni ko‘paytirish. So‘nggi 7 yil ichida O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobarga o‘sdi. O‘zaro yetkazib berish tarkibi, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan yaxshilandi.

Asosiy hamkorlar qatorida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Tatariston, Moskva, Leningrad, Novosibirsk, Astraxan, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari, Boshqirdiston va boshqalar bor.

Kooperasiya va import o‘rnini bosish loyihalarini oshirish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari qabul qilindi, bu jarayonga hududlar faol jalb qilinadi.

Savdo va kooperasiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyada O‘zbekistonning to‘laqonli savdo vakolatxonasi ochiladi.

Investisiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik sur’ati yuqori baholandi. O‘zbekistonda uch mingdan ortiq Rossiya kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Energetika, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida tataristonlik hamkorlar bilan birga ishga tushirilgan "Ximgrad" sanoat zonasi kengaytirilmoqda, Jizzax viloyatida uning filiali barpo qilinmoqda.

– Qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli 45 milliard dollardan oshgan. Bugungi sammit doirasida kooperasiyaning yangi loyihalari bo‘yicha 20 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi, shundan chorak qismi hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Rossiya hududlarining yetakchi korxonalari bilan kooperasiya loyihalarini ilgari surish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston hududlarida agrologistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish ishlarini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Hududlarga Rossiyada ulgurji-taqsimlash markazlarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirib, keyinchalik yurtimizga yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari hududiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirishning ahamiyatini qayd etib, qo‘shma Investisiya platformasi ish boshlashini e’lon qildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Rossiya yetakchi universitetlarining 14 filiali tashkil etilgan bo‘lib, Toshkentdagi Moskva va Sankt-Peterburg davlat universitetlari, Olmaliqdagi MISIS Fan va texnologiyalar universiteti, Jizzaxdagi Qozon federal universiteti va boshqalar shular jumlasidan.

Tashrif davomida mamlakatimizda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Madaniy hamkorlik bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti turizm almashinuvini kengaytirish muhimligini ta’kidladi. So‘nggi bir necha yilda rossiyalik turistlar soni 5 barobarga oshdi. O‘zbekiston va Rossiyaning barcha yirik shaharlari muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘langan.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Rossiyaning tarixiy shaharlariga turistik yo‘nalishlar va sayohatlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi qo‘shma dasturlarni qabul qilishni taklif etdi.

O‘z navbatida, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatimiz bilan ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarni yuqori baholab, Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi mavjud ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashning muhim ahamiyatini ta’kidladi. Ishbilarmon doira vakillarini qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Majlis doirasida bir qator yangi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish boshlangani e’lon qilindi.

Umuman, kengash doirasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududlararo hamkorlik hujjatlari va bitimlar to‘plami imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Eron prezidenti va parlament spikeri Abbos Aroqchining iste’fosini talab qilmoqda

Масъуд Пезешкиён Ислом инқилоби корпуси қўриқчилари БААга берган зарбаларидан норозилигини билдирди.

Eron bir yildan kamroq vaqt ichida yadroviy qurolga ega bo‘ladi

Халқаро атом энергияси агентлигининг маълумотларига кўра, бу захиралар кейинги бойитишдан кейин 10 тагача ядровий бомба яратиш учун eтарли бўлиши мумкин.

AQSh sherik chaqirmoqda

АҚШ Президенти Дональд Трамп Эроннинг Жанубий Корея кемасига уюштирган ҳужумидан сўнг, Сеулни Ҳўрмуз бўғозини тўсиб қўйиш операциясига қўшилишга чақирди.

Toshkentda xotinini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak ushlandi

Бу ҳақда пойтахт Ички ишлар бош бошқармаси хабар берди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.