O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yangi “Aqtobe – Nukus” yo‘nalishida parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Bungacha esa Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga 32 ta reys mavjud edi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar tranzit va transport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, xususan, yuk tashish hajmini ko‘paytirish, temir yo‘l va avtomobil transportini rivojlantirish, yirik qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildilar.


Ma’lum qilinishicha, joriy yil yanvar-may oylarida tovar aylanmasi 46 foizga oshdi va 1,5 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksporti 58,4 foizga o‘sdi. Pandemiyaga qaramay, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashishning barcha turlari ko‘paygan.

Faqatgina joriy yilning birinchi choragida konteyner tashuvlari 2020 yilning shu davriga nisbatan 57 foizga o‘sib, 233, 9 ming YFE (yigirma funtlik ekvivalent)ga yetdi. Joriy yilning 6 oyida avtomobil transportida yuk tashish hajmi 18 foizga o‘sdi va 1, 3 million tonnani tashkil etdi.

Shu bilan birgalikda uchrashuv davomida tomonlar yirik qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish - “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish, “Turkiston – Chimkent Toshkent” tezyurar magistral yo‘lini qurish va boshqa rejalarni muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!