O‘zbekiston va Buyuk Britaniya yadro fizikasi sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya yadro fizikasi sohasida hamkorlik qiladi

8 dekabr kuni O‘zbekiston delegasiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida TIVning Yevropa mamlakatlari va YEI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Birmingem yadroviy ta’lim va tadqiqotlar markazi direktori Pol Norman bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida yadro fizikasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar bu boradagi hamkorlikni kengaytirish uchun ikki davlat ulkan salohiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Britaniya tomoni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va respublikada yadro fizikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!