O‘zbekiston va BAA: davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi

O‘zbekiston va BAA: davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi delegasiya BAA ichki ishlar vazirligining davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul Baxt – saodat departamenti direktori Nasir Xadim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda xalqchil davlat xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil amaliy choralar BAAdagi hamkasblar bilan o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida BAA ichki ishlar vazirligining davlat xizmatlarini tashkil etish va ko‘rsatish faoliyatidagi so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishilib, interaktiv suhbatlar hamda taqdimotlar orqali o‘zaro tajriba almashildi.

Xususan, davlat xizmatlarini olishda aholining qoniqish darajasini va soha mutaxassislarining malakasini oshirish, situasion markazlarning davlat xizmatlarini takomillashtirishdagi o‘rni, proaktiv xizmatlar hamda onlayn davlat xizmatlarining qamrovini oshirish mexanizmlari ko‘rsatib berildi.

Ma’lumot o‘rnida, BAA tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 133 tani tashkil etadi.

Shu bilan birga, tomonlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ommabop xizmatlardan mobil ilova orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida tajriba almashishga kelishib oldi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!