O‘zbekiston va Afg‘oniston “Termiz-Peshovar” temir yo‘l loyihasini muhokama qildi

 O‘zbekiston va Afg‘oniston “Termiz-Peshovar” temir yo‘l loyihasini muhokama qildi

Loyihani O‘zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va “Tolibon”* tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaki onlayn muzokaralarda ko‘rib chiqishdi.

Umurzoqov Toshkent bu masala bo‘yicha yakuniy yig‘ilish o‘tkazishga tayyorligini bildirdi, deb xabar qildi @sputnikaf.

Toliblar o‘z navbatida tez orada hamkorlarga marshrutning yakuniy variantini taqdim etishga va’da berdi.

Shuningdek, o‘zaro savdo, tranzit va transport aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!