O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JCh pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JCh pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, olti guruhda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalardan to‘rttasi pley-offda ishtirok etadi. Hozircha bu borada eng yaxshi natija qayd etib turgan O‘zbekiston terma jamoasidan Indoneziya va Janubiy Koreya o‘zib keta olmasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston ayni vaqtdagi taqvimga qaralganda, nimchorak finalda Angliya yoki Senegal bilan ro‘baru kelishi mumkin. Biroq ushbu guruhlarda hali 3-tur o‘yinlari o‘tkazilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!