O‘zbekiston TurkPAga qo‘shiladi

O‘zbekiston TurkPAga qo‘shiladi

Joriy yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisi ishida qatnashdi.

Senat axborot xizmatiga ko‘ra, tadbir davomida Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) doirasida ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, TurkPA faoliyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha davlatlar delegasiyalari rahbarlari O‘zbekiston delegasiyasining yalpi majlisdagi ishtirokini qutladi va bu turkiy mamlakatlar uchun navbatdagi tarixiy voqea sifatida baholandi.

Majlis davomida O‘zbekistonning TurkPAga kelgusida qo‘shilishi mazkur tashkilotni yanada mustahkamlashi, unga yanada ko‘p kuch-qudrat berishi, shuningdek ushbu tashkilotga a’zo davlatlar xalqlarini yanada yaqinlashtirish uchun tashkilot imkoniyatlarini kengaytirishi ta’kidlandi.

Yalpi majlis yakunlari bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi, jumladan, TurkPA xotin-qizlardan iborat parlament a’zolari guruhini tashkil etish va uning faoliyati, tashkilot Kotibiyati to‘g‘risidagi nizomlar, turizm va turkiy xalqlar dunyosining nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi model qonunlar tasdiqlandi.

Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining navbatdagi majlisi 2020 yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!