O‘zbekiston Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston delegasiyasi II Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilgan II Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 15 ta oltin, 11 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Vengriyadan 450 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular sportning yetti turi: stol tennisi, shaxmat, voleybol, futzal, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!