O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Latviya Elchisini qabul qildi

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Latviya Elchisini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bugun Latviya elchisi Reynis Trokshani qabul qildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Latviya hamkorligini yanada mustahkamlash hamda 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro manfaat kasb etadigan turli yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishga ikki tomon ham tayyor ekani bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!