O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin

O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatini berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qulladi. U tegishli farmoyishni imzoladi.

“Hukumatning Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida GLONASS global navigasiya sun’iy yo‘ldosh tizimiga yuqori aniqlikdagi signaldan foydalanish imkoniyatini berish to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”, deyiladi farmonda.

GLONASS — Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshli navigasiya tizimi. Uning nomi global navigasiya sun’iy yo‘ldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. 2013 yil iyul oyida Rossiyaning 15 hududida sinov tariqasida ishga tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!