O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF 5630-son Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik) boshqaruv xodimlari cheklangan soni 432 nafar, shu jumladan, Agentlik markaziy apparati 109 nafar etib belgilansin.

Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:

zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tuzilmalarini tasdiqlash;

Agentlikning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformasiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarida Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Agentlikning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;

mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda jalb qilish;

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash;

Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Agentlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

4. Belgilansinki:

a) Agentlik:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi) barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan, chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan, davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xo‘jalik jamiyatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda va barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi;

davlat aktivlarini boshqarish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida gi hamda Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida gi qonunlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalida o‘ziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshiradi;

Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdolarga qo‘yilgan ob’ektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyasini bajaradi. Bunda Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdo shartlari va turlari o‘zgarishsiz qoldiriladi, ob’ektlarni savdodan yechish, qayta baholash va qaytadan savdoga qo‘yish talab etilmaydi;

davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda xo‘jalik jamiyatlari) joriy faoliyatiga aralashmagan holda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni faqat korporativ boshqaruv usullarini qo‘llagan holda bajarilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 oktyabridan kechiktirmay Agentlik faoliyati, shu jumladan, xo‘jalik jamiyatlari faoliyatida strategik o‘zgarishlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

b) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

v) Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlik xodimlari belgilangan tartibda xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi a’zoligiga saylanish huquqiga egadirlar;

g) Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

d) Agentlik xodimlariga tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi saqlab qolinadi;

e) Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini Agentlikda qo‘llashda ta’lim darajasi minimal qismi bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka darajalarini belgilashda, istisno tariqasida, tavsiyaviy xususiyatga ega;

j) Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil qilinishi munosabati bilan u va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan lisenziyalar, huquq beruvchi, ruxsatnoma hujjatlari va ilgari ular tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va ularni bekor qilish yoki o‘zgartirish talab etilmaydi.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2019 yilning 1 aprelidan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash, shuningdek, ularni davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

2019 yil 1 iyulidan boshlab davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari, Agentlik bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud bo‘lganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanishlari mumkin;

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi (banklar kengashi) tarkibi davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi;

xo‘jalik jamiyatining ijro organi (rahbar va rahbar o‘rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi qarori bilan tayinlanadi;

kelgusida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida (fondida) shakllanadigan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ulushi Agentlikka beriladi;

kelgusida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida shakllanadigan davlat organlari va muassasalari tomonidan aksiyador (ta’sischi) huquqlari amalga oshiriladigan davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi;

ilgari davlat aksiyalarini ishonchli boshqaruvga investisiya aktivlari bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga berish bo‘yicha tuzilgan bitimlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar ilgari imzolangan shartlar asosida Agentlik tomonidan qo‘shimcha bitimlarni tuzish yo‘li bilan qayta rasmiylashtiriladi;

xo‘jalik jamiyatlari ish haqi miqdorini, boshqaruv va texnik xodimlar birligini, avtotransport vositalari sonini belgilash hamda qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun alohida tartib o‘rnatilgan masalalar bo‘yicha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

6. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari 3-ilovaga muvofiq Agentlikka berilsin.

Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarini xatlovdan o‘tkazsin.

Belgilansinki, xatlov natijasida aniqlanadigan va mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilmagan, aksiyadorning (ta’sischining) huquqlari davlat organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi davlat ulushi Agentlikka beriladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan Agentlik xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2020 yildan boshlab zarur byudjet mablag‘larini ko‘zda tutsin;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin va 12 ta, shu jumladan, 9 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlashga limit belgilasin;

Agentlikning asoslangan hisob-kitoblaridan kelib chiqib, ma’muriy binolarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida zaruriy jihozlar va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.

9. Agentlik ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi DUKning belgilangan tartibda Agentlik tarkibiga qo‘shilishini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni telefon aloqasi, jumladan, hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.

11. Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining tugatilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha davlat bojlari va boshqa turdagi yig‘imlarni undirmagan holda:

Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga ko‘chmas mulk va boshqa mulk ob’ektlariga huquqning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;

davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va qatnashchi) funksiya va huquqlari Agentlikka o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik jamiyatlari ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

12. Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri
va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.

13. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari o‘ziga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.

14. Agentlik Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 6-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Agentlikning hududiy boshqarmalarini tugatilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashuvi bo‘yicha binolariga joylashtirilishini ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.

16. Agentlik Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

a) 2019 yil 1 aprelga qadar:

xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari va ijro organlarining a’zolarini tasdiqlash, shuningdek, ijro organlarining a’zolarini davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlariga tenglashtirish to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni;

ilg‘or xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga kuzatuv kengashlari va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirishni, korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillarini nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ni;

b) ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformasiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2019 yil 14 yanvar

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Agar Ukraina 9 may kuni Moskvaga hujum qilsa, Rossiya Kiyevga “Oreshnik” quroli bilan zarba berishi mumkin

Бу ҳақда Россия оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Moskva yana hujum ostida

Россия пойтахти мери Сергей Собянин маълум қилишича, ҳаво мудофаа тизимлари Москвага яқинлашаётган яна бир учувчисиз аппаратни йўқ қилди.

Moskvadagi paradga ketayotgan Vuchichning samolyoti favqulodda qo‘ndi

Бу ҳақда хориж ОАВ хабар берди.

Uzcosmos agentligi O‘zbekistonga yarim tonnalik kosmik apparat qulashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

​​​​​​​Маьлум қилинишича, , 1972-йил 31-март куни СССРнинг "Венера" дастури бўйича "Космос-482" сайёралараро космик аппарати фазога учирилган.

Pokistonga zarbalar “mojaroni keskinlashtirmaslik” uchun oldindan rejalashtirilganmi?

Бу ҳақда Ҳиндистоннинг АҚШдаги элчихонаси фикр билдирди.

Tramp Rossiyaga havas qilardi

Америкалик собиқ разведка ходими Скотт Риттер Х ижтимоий тармоғида АҚШ президенти Доналд Трампни Россияга ҳасад қилишда ва мамлакат Ғалаба кунини нишонлашга эътибор қаратаётганликда айблади.

AQSh 2025 yil may oyida yangi yadroviy bomba chiqarilishini e’lon qildi

АҚШ 2025 йил май ойида энг янги Б61-13 термоядровий бомбасининг биринчи намуналарини чиқаришни кутмоқда, деди Энергетика департаменти қошидаги Миллий ядро хавфсизлиги бошқармаси директори вазифасини бажарувчи Тереза Роббинс, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

OAV: Suriya Isroil bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

Сурия ва Исроил Бирлашган Араб Амирликлари (БАА) томонидан ташкил этилган алоқа канали ёрдамида билвосита музокаралар олиб бормоқда. Бу ҳақда манбаларга таяниб, Reuters хабар берди.

NASA yaqin orada Marsga raketa uchirmoqchi

Миллий Аэронавтика ва Коинот Бошқармаси (NASA) яқин орада Марсга ракеталарни юбориш имкониятларини кўриб чиқмоқда.

G‘azo uchun jang tugamaydi — Husiylar Isroil kemalariga hujumni davom ettiradi

Ҳусийлар АҚШнинг ўт очишни тўхтатиш ҳақидаги қарорига қарамай, Қизил денгиздаги Исроил кемаларига ҳужумларини давом эттиради.

Erdo‘g‘an Turkiyaning Pokiston bilan birdamligini e’lon qildi

Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф ўртасида телефон орқали мулоқот бўлиб ўтди.

Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi - Oq uy

Эълон қилинган ҳужжатда Трамп таъкидлашича, америкалик аскарларнинг қурбонлиги бўлмаганда "бу урушда ғалаба қозонилмас ва бугунги дунёмиз бутунлай бошқача кўринишда бўларди."

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

Putin Ukrainadagi urush sababini Bolgariya va Ruminiyaga yuklamoqda

Россия президенти ўз ҳокимиятининг 25 йиллигига бағишланган ҳужжатли фильмда НАТОнинг Руминия ва Болгариядаги Америка ҳарбий базалари мавжудлиги Украинадаги урушга сабаб бўлганини таъкидлади.

Dronlar hujumi tufayli Rossiya aeroportlari vaqtinchalik yopildi, ko‘lab reyslar kechiktirildi

“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.

Hindiston “Sindur” operasiyasi orqali pokistonlik jangarilarning yangi terror hujumlarini oldini oldi

NDTV'нинг хабар беришича, Ҳиндистон “Синдур” операцияси доирасида 25 дақиқа ичида Покистондаги нишонларга 24 та ракета учирган.

AQSh Qizil dengizda ikkita qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

АҚШ Денгиз кучлари маълумотига кўра, барча экипаж аъзолари қутқарилган, бир денгизчи жароҳат олган.

Pokiston mudofaa kuchlari Hindistonning beshta qiruvchi samolyotini urib tushirdi

Хавфсизлик кучларидаги манбаларининг даъво қилишича, гап уч нафар Rafale қирувчи самолёти, битта МиГ-29 ва битта Су-30 қирувчиси ҳақида кетмоқда

Tramp Ukrainaga yordamni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdimi?

Хабар қилинишича, АҚШ президенти Хегсетнинг буйруғидан бехабар бўлган.

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi yangi operasiyasini qoralaydi

Европа Иттифоқи Исроилнинг Ғазодаги ҳарбий амалиётини кенгайтириш режаларидан хавотир билдирди, бироқ Исроил расмийларига босим ўтказиш эҳтимоли ҳақида изоҳ бермади.

Hindiston va Pokiston o‘rtasida vaziyat keskinlashmoqda. Qurbonlar soni ortmoqda

Бу ҳақда Reuters агентлиги Покистон Қуролли кучлари матбуот котибига таяниб хабар бермоқда.

Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Hindiston bahsli Kashmirdan tashqaridagi Pokiston shaharlariga zarba berdi

Покистон ҳарбийларининг нашрга маълум қилишича, зарбалар беш аҳоли пунктига — Котли, Аҳмадпур Шарқия, Музаффаробод, Баг ва Муридкега йўналтирилган.

Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sana shahridagi aeroportni to‘liq vayron qildi

Бу ҳақда Исроилнинг Каn радиостанцияси хабар бермоқда.

Hindiston Pokistonga raketalar bilan zarba berdi – nimalar ma’lum?

Ҳиндистоннинг зарбалари жавобсиз қолмайди, деди Покистон қуролли кучлари масъули

Хитойда сайёҳлик қайиғи ағдарилиши оқибатида 10 киши ҳалок бўлди

Жами 84 киши сувга тушиб кетган ва 70 киши шифохонага ётқизилган.

“Кирпи 2025”: Эстонияда кенг кўламли ҳарбий машғулотлар бошланди

“Кирпи 2025” – бу Британиянинг 4-бригадаси Эстония бўлинмаси таркибида шундай катта кучни жойлаштирган биринчи машқдир.

Қироллик денгиз флоти бошлиғи истеъфога чиқди

Бу ҳақда Британиянинг Financial Times нашрига қироллик мудофаа вазирлиги маълум қилди.

Трамп: Канада бизнинг 51-давлатимиз бўлиши керак

"Биз Канада билан нима бўлишидан қатъий назар дўст бўламиз. Канаданинг мен учун алоҳида ўрни бор. "Канаданинг мудофаа харажатларини ошириш қарорини олқишлайман", - дея хулоса қилди АҚШ президенти.

Покистоннинг Панжоб вилояти маъмурияти фавқулодда ҳолат эълон қилди

Покистоннинг Панжоб вилоятида фавқулодда ҳолат эълон қилинди. Бу ҳақда минтақа ҳукумати раҳбари Бхагвант Манн баёнотига таяниб Реутерс хабар берди.

Украина 9 май куни бошқа минтақаларга зарба бериши мумкин, лекин Москвага эмас

Муваффақиятнинг пастлиги сабабли Қизил майдонга ҳужум қилишга уриниш даргумон. "Кўриб турганингиздек, Россиянинг барча ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Москвани ҳимоя қилиш учун жойлаштирилган. Уриниш бўлса ҳам, муваффақиятга эришмайди".

Буюк Британия ва АҚШ тарифларини камайтириш бўйича келишувга яқин

Бу ҳақда Ҳисобот Financial Times газетаси икки давлат вакилларига таяниб хабар берди.

БМТ Бош котиби: Дунё Ҳиндистон ва Покистон ўртасидаги ҳарбий қарама-қаршиликка дош беролмайди

Бу ҳақда БМТ Бош котибининг расмий вакили Стефан Дюжаррик баёнотида айтилган.

ИСПР: Ҳиндистоннинг Покистонга ракета зарбалари натижасида саккиз нафар тинч аҳоли, жумладан 3 ёшли қиз ҳалок бўлди

Бу ҳақда ИСПР бош директори Аҳмад Шариф Чаудри Pakistan Daily газетасига таяниб маълум қилди.

Чехияда Иккинчи жаҳон уруши даврига тегишли хазина топилди

Чехия ўрмонида олтин тангалар, заргарлик буюмлари ва бошқа буюмларнинг катта коллекцияси топилди дея хабар бермоқда “Fox News”.

Ўзбекистонда ноқонуний қудуқ қазиганлик учун маъмурий жавобгарлик белгиланди

Бундан жисмоний шахсларнинг ўз эҳтиёжлари, шу жумладан, томорқа ер участкаларини суғориш учун сувдан умумий фойдаланиши мустасно.

Ҳиндистон ҳаво кучлари тунги зарбада тўртта масжидга ҳужум қилди

Бу ҳақда Покистон армияси матбуот хизмати вазифасини бажарувчи Хизматлараро жамоатчилик билан алоқалар (ИСПР) бош директори генерал-лейтенант Аҳмад Шариф Чаудри маълум қилди, дея хабар беради Pakistan Daily нашри.

Туркия Ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Покистонлик ҳамкасби Муҳаммад Ишоқ Дар билан телефон орқали суҳбатлашди

Суҳбат Покистон ва Ҳиндистон ўртасидаги сўнгги воқеаларга бағишланган.

Франция Европа тарихидаги энг йирик ҳарбий кема - янги PANG ядровий самолёт ташувчи кемасини қуришга тайёрланмоқда

2038-йилга келиб Франция ҳарбий-денгиз кучлари иккита ядро реакторига эга ва сиғими 78 минг тонна бўлган самолёт ташувчи кемани олишни режалаштирмоқда. Самолёт ташувчининг узунлиги 310 м, кенглиги 85 м бўлади. Унинг ҳаво гуруҳи ҳар хил турдаги 40 дан ортиқ самолётлардан иборат бўлади. Ҳаво мудофааси ва яқин мудофаа тизимлари, шу жумладан лазер тизимлари.

Москва–Таиланд самолёти Ўзбекистондан қайтиб кетди

Москвадан Пхукет (Таиланд)га учган самолёт Ўзбекистон осмонига келиб ортига қайтди.

Литва ва Латвия Вучич самолётига осмонни ёпди — Ғалаба кунига Москвага йўл тўсилди

"Вечерне Новости" газетаси хабар беришича, Литва ва Латвия Вучичнинг Ғалаба кунини нишонлаш учун Москвага йўл олган самолётига ўз ҳудудлари устидан учиб ўтишни тақиқлади.

Европа Иттифоқининг Россияга қарши янги санкциялар пакетида БАА, Вьетнам, Туркия, Сербия ва Ўзбекистон компаниялари нишонга олинган

Financial Times маълумотларига кўра, булар Россияга чекловларни четлаб ўтишга ёрдам бераётган 20 та фирмадан иборат.

Қодиров ўзини лавозимдан озод қилиш тўғрисидаги сўзларини тушунтирди

У "кўпчилик унинг баёнотининг маъносини тушунмаган"лигини айтди

Путин Япониянинг таслим бўлишини нишонлашга боради

Россия президенти Владимир Путин ёз охири - куз бошида Хитойга ташриф буюради. Россия раҳбари Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг юбилейига бағишланган тадбирларда қатнашади.

Арманистон қўшинлари Қизил майдонда пайдо бўладими?

Россия Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Мария Захарова Пашинян Ғалаба кунини нишонлашга таклиф этилганини маълум қилди.