O‘zbekiston respublika valyuta birjasining 2023 yilning yanvar-avgust oylaridagi faoliyati sharhi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasining 2023 yilning yanvar-avgust oylaridagi faoliyati sharhi

📈 2023 yilning 1-yarim yilligi davomida O‘zRVB faol rivojlanishda, O‘zbekiston moliya sektoridagi rolini mustahkamlashda va bozorlarining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda davom etdi.

✅Natijada, O‘zRVBda savdolar hajmi sezilarli darajada oshib, bozor ishtirokchilari faolligi barqaror o‘sishi kuzatildi, bu esa, birjaga bo‘lgan ishonch va uning mavqei yanada mustahkamlanishidan dalolat beradi.

🔝2023 yil yanvar-avgust oylarida O‘zRVBda savdolarning umumiy hajmi 677,91 trln. so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan deyarli 60 foiz ko‘pdir.

🤥Bunda:

⏺43,73 foiz – valyuta bozoriga;

⏺49,58 foiz – pul bozoriga;

⏺6,69 foiz – qarz bozoriga to‘g‘ri keldi.

🪙 O‘tgan 8 oy davomida O‘zRVB xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishida faol ishlar olib bordi. Kelgusida bu O‘zRVB bozorlariga xorijiy investisiyalarning katta oqimi kirib kelishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!