O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston-Xitoy investisiya forumida ishtirok etdi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston-Xitoy investisiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston-Xitoy investisiya forumida ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan birgalikda Shenchjen shahrida o‘tayotgan qo‘shma Investisiya forumida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi doirasida ham ushbu mamlakat ishbilarmon, moliya va investisiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. O‘shanda erishilgan muhim kelishuvlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sheriklikni yanada kengaytirdi.

Bugungi investisiya forumi samarali muloqotning davomi bo‘lib, ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlarini, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakilini to‘pladi. Xitoyning Milliy neft-gaz korporasiyasi, Milliy kimyo-injiniring kompaniyasi, Aerokosmik ilmiy-sanoat korporasiyasi, “China Energy”, “Gezhouba Group”, “China CAMC Engineering”, “Huawei Technologies”, “SANY Renewable Energy”, “BYD Auto Industry”, “Xinjiang Hualing Group”, “ZTE”, “TBEA”, “Universal Energy” kompaniyalari, Xitoy taraqqiyot banki, Davlat taraqqiyot banki, Eksport-import banki shular jumlasidan.

Davlatimiz rahbari forumni ochar ekan, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi va tadbir haqli ravishda Xitoyning innovasiyalar poytaxti hisoblangan Shenchjen shahrida o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no mujassam ekanini ta’kidladi.

- Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli va o‘zaro manfaatli munosabatlar, birinchi navbatda, iqtisodiy hamkorlik aloqalaridan kuch oladi, - dedi Prezident.

Kecha XXR Raisi Si Szinpin bilan samarali muzokaralar o‘tkazilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan natijalardan biri mamlakatlarimiz biznes vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvlar bo‘ldi.

Qabul qilingan tarixiy hujjat – O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqadigan davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti ham bunga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik jadal sur’atda o‘sib, keng ko‘lam kasb etayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ko‘payib, 2023 yilda rekord ko‘rsatkich - 14 milliard dollarga yetdi. Davlatimiz rahbari yaqin yillarda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni kengaytirish, ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdoni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida yangi hukumatlararo bitim tuzish orqali bu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish uchun imkoniyat borligini yana bir bor qayd etdi.

Xitoyning O‘zbekistonga kiritgan umumiy investisiyalari hajmi 14 milliard dollardan oshdi. Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni uch barobar ko‘paydi.

Davlatimiz rahbari yaqinda Urumchida o‘tgan hududlararo forum va sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida muhim investisiya kelishuvlari imzolanganini yuqori baholadi.

O‘zbekiston tomoni ushbu ishbilarmonlik platformasiga tizimli tus berish va navbatdagi forumni yurtimizda o‘tkazishga tayyorligi bildirildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari doimiy faoliyat yuritadigan ikki mamlakat hududlari kengashini tashkil etish bo‘yicha rejalarni olqishladi.

Ma’lumki, Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Yuqori texnologik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzilgan. Shu oydan boshlab “sanoat ipotekasi” ishga tushirilmoqda, bunda yer va ishlab chiqarish maydonlari “tayyor biznes” shaklida investorlarga beriladi.

Yirik banklar, sanoat va infratuzilma ob’ektlarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarni yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga safarbar etish muhimligini qayd etib, davlatimiz rahbari kelgusi hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Bular - infratuzilmani rivojlantirish loyihalariga Xitoy moliya institutlari mablag‘larini jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilgan holda ushbu mamlakat kompaniyalari bilan sheriklikni kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan strategik xomashyoni chuqur qayta ishlashda sanoat kooperasiyasini rivojlantirish.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini barqaror yuritishda Xitoyning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish hamda yerlarni qayta tiklash va tuzga chidamli o‘simliklarni ekish bo‘yicha ilmiy yondashuvlarini joriy qilish.

“Yashil” energetikada strategik sheriklikni yanada ilgari surish va Xitoy kompaniyalarining xususiylashtirish dasturida ishtirok etishi ham muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Shu munosabat bilan investisiya loyihalari portfelini, infratuzilma va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish dasturlarini kengaytirish bo‘yicha xitoylik sheriklar bilan kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, tashrif davomida Xitoyning yetakchi banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, Eksport-import banki vakolatxonasini ochish va Ipak yo‘li fondi bilan birgalikda yangi Investisiya platformasini yaratish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar xitoylik hamkorlarning O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyatiga kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.

- Yana bir yangilik. Har bir xitoylik hamkorga loyihalar boshidan oxirigacha hamrohlik qiluvchi investisiya menejeri tayinlanadi. Ular kompaniyalaringiz loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishida yangi imkoniyatlar yaratishiga qat’iy ishonamiz, - dedi Prezident.

Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin ham forum ishtirokchilariga murojaat qildi. Prezidentimiz olib borayotgan ortga qaytmas islohotlar siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirib, O‘zbekistonda ochilayotgan katta imkoniyatlarni qayd etdi hamda Xitoy biznesini mamlakatimizda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda yanada faolroq ishtirok etishga chaqirdi.

Biznes forumi yakunida energetika, neft-gaz, tog‘-kon, elektrotexnika, yengil sanoat, mashinasozlik, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport va logistika sohalarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarning katta to‘plami imzolandi.

“Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, har bir loyihaga mas’ul menejerlar biriktiriladi.

Yakunda O‘zbekiston Prezidenti ushbu Guandun investisiya forumini har yili tashkil etish tashabbusini ilgari surib, uning navbatdagi uchrashuvini kelgusi yilda Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Quvayt aeroportiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi tomonidan hujum qilingan

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) вакили Ҳусайн Моҳеби маълум қилди.

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Такало бу пуллар унинг ҳисобига қандай келиб қолгани ҳақида ҳеч қандай маълумотга эга эмаслигини айтди.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.