O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qurolli nizo bo‘yicha munosabat bildirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildiradi.
Mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikasiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston tomonlarning o‘ta sabr-toqatli bo‘lishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi.
Shu o‘rinda, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz», deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Ozarbayjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, ikki tomondan ham qurbonlar bo‘ldi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armanistonni o‘t ochish haqidagi ahdlashuvni qo‘pol ravishda buzish va mamlakat artilleriyasi joylashgan pozisiyaga hujum qilishda ayblamoqda.
13 iyul kuni tomonlar yana bir-biriga o‘t ochdi. Armaniston mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ikki-uch soat davom etgan tanaffusdan keyin ozarboyjonlik harbiylar yana hujumga o‘tgan va bunga munosib javob qaytarilgan. Rasmiy Boku bergan ma’lumotga ko‘ra, Ozarbayjon artilleriyasi, minomyotlari va tanklari arman tayanch punktini vayron qilgan, harbiy texnikani buzgan va askarlarni ham halok etgan.
Ozarbayjon tomoni to‘qnashuvlarda armiya general-mayori Po‘lat Gashimov va polkovnik Ilgar Mirzayev qahramonlarcha halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyt SSSR parchalanganidan keyin boshlangan. Tortishuvlarga Tog‘li Qorabog‘ hududi sabab bo‘lgan, u yerda asosan armanlar yashaydi va 1991 yilda bu hudud Bokudan mustaqilligini e’lon qilgan. 1992-1994 yillarda Ozarbayjon ushbu hududni qaytarishga uringan, biroq yakunda ikki tomon o‘t ochmaslik haqida ahdlashuv tuzgan, lekin bu kelishuv bir necha marta buzilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Бу эса сперма сифатига салбий таъсир қилади. Олимлар айтишича, агар шундай давом этса, 2045 йилга бориб соғлом сперматозоидлар деярли қолмаслиги мумкин.
Буюк Британия 2025 йилда Украинага 4,5 миллиард фунт (долллардаги эквиваленти қарийб 5,8 млрд доллар) ҳарбий ёрдам юбормоқчи, деди Британия Мудофаа вазири Жон Хили.
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .
"Биз фуқаролик тўғрисидаги қонунни яна ўзгартирамиз: 3 йиллик ‘турбо-фуқароликъ энди бўлмайди. Янги тартиб бўйича фақат 5 йил яшагандан сўнг фуқаролик берилади," – деди сиёсатчи.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси ходимлари мамлакатдаги вазиятни беқарорлаштириш мақсадида оммавий тартибсизликлар тайёрлашга уринишни тўхтатди.
Ғарбий Болқон яқин келажакда харитадаги янги можаролар марказига айланиши мумкин. Кремль раҳбари Владимир Путин бу ҳудуддан ўз манфаатлари йўлида "ўйин майдони" сифатида фойдаланиши эҳтимоли бор.
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .
АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.