"O‘zbekkino" MA atrofida bo‘layotgan ommaviy axborot vositalaridagi muhokamalarga O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi moratoriy e’lon qilishni taklif qiladi.
So‘nggi kunlarda bir guruh kinochilarning "O‘zbekkino" MA rahbariga nisbatan Bosh vazirga yo‘llagan shikoyat xati ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va bu jarayon davom etmoqda. Ko‘plab Uyushma a’zolari ijodkorlarning manfaatlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga murojaat qilishdi. Uyushma Boshqaruvi mazkur masala bo‘yicha muhokamada qatnashayotgan jamoatchilikni bosiqlikka chaqiradi. Yurtimizda va butun dunyodagi pandemiya sabab karantin holati bo‘lganligi uchun mavzuga moratoriy (vaqtincha cheklash) e’lon qilishni taklif qiladi. Karantin cheklovi to‘xtatilganidan keyin nafaqat shikoyat xati, balki o‘zbek kinosidagi muammolar yuzasidan Uyushmaning umumiy konferensiyasi chaqiriladi.
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi yana shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekkino MA rahbari faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qilingan shikoyat arznomasiga xulosa bildirilguniga qadar hamda Agentlik rahbarining mavjud holat bo‘yicha bayonoti berilgunicha, shuningdek, ayni paytdagi karantin vaziyatini inobatga olgan holda barchadan odob-ahloq me’yorlariga amal qilishni so‘raydi. Uyushma shikoyat xatiga imzo chekkan 109 nafar kinoijodkorning ixtiyorini belgilamaydi va o‘z a’zolari manfaatini doimiy ravishda himoya qiladi. Ayrim kimsalardan "andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymasliklarini" so‘rardik.
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.