O‘zbekiston - Iroq uchrashuvi bilet narxlari qancha?

O‘zbekiston - Iroq uchrashuvi bilet narxlari qancha?

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati final o‘yini chiptalari narxi 25-300 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Poytaxtdagi “Bunyodkor” stadionida 18 mart kuni soat 19:00da Osiyo Kubogi U20 finali bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar Iroq terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.

O‘yin chiptalarini “Bunyodkor” stadioni kassalari yoki maxsus sayt orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni O‘zbekistonda U20 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. Ushbu turnir jamoalarning 2023 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmasini ta’minlaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi 15 mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasidagi turnir finaliga yo‘l oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!