O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida eng tez o‘sishga erishgan davlatlar qatorida

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida eng tez o‘sishga erishgan davlatlar qatorida

Adliya vazirligida davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti vakillari bilan “O‘zbekiston – Huquq ustuvorligi indeksida” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikromov, Jahon odil sudlov loyihasi ijrochi direktori Elizabet Andersen hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Samarali boshqaruv” dasturi rahbari Viktor Kessler kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.

Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti vakillari tomonidan Huquq ustuvorligi indeksini shakllantirish metodologiyasi, ma’lumotlarni to‘plash va ularning ishonchliligini tasdiqlash jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston mazkur indeksda keyingi yillarda eng tez o‘sishga erishgan davlatlar qatorida birinchi o‘rinda ekanini e’tirof etdi.

Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan mamlakatda huquq ustuvorligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Tadbir davomida Jahon odil sudlov loyihasi vakillari O‘zbekistonning yuqorida qayd etilgan indeksdagi pozisiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bildirdi.

E.Andersen O‘zbekistonda joriy qilingan Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi ijobiy tajriba ekanini e’tirof etib, namuna sifatida boshqa mamlakatlarga ham tavsiya qilish mumkinligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida tomonlar savol-javoblar va muhokamalar asnosida o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javoblar oldi hamda o‘zaro doimiy muloqot va hamkorlikni kelgusida ham davom ettirishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!