O‘zbekiston hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini olib kirish va sotish taqiqlanadi

O‘zbekiston hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini olib kirish va sotish taqiqlanadi

Prezident “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat 25 may kuni e’lon qilingan. Unda yozilishicha, qonun talablari hujjat e’lon qilinganidan uch oy o‘tib kuchga kiradi. Qonunga ko‘ra:

➖tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan mahsulotlar, qizdiriladigan tamaki mahsuloti, elektron sigaretalar, veyplar, nikotin suyuqliklari, chilim uchun mo‘ljallangan qorishmalar tamaki mahsulotlariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan ushbu turdagi mahsulotlarni cheklashga qaratilgan hamma choralar amal qiladi;

➖O‘zbekiston hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, jumladan, nikotinli snyus, chaynaladigan tamaki, va nikotinli shirinliklarni olib kirish va sotish taqiqlanadi;

➖Tarkibida jozibadorlikni oshirishga qaratilgan moddalar (aromatizatorlar, bo‘yoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo‘lgan elektron sigaretalar, ular uchun nikotin va nikotinsiz suyuqliklarni olib kirish va sotish taqiqlanadi;

➖Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida tamaki mahsulotlarini ko‘rsatish va ochiq namoyish qilish taqiqlanadi. Ushbu tartib 45 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirilgan. Unga muvofiq, savdo maydonchasida faqat qog‘ozga bosilgan sotiladigan tamaki mahsulotlarining ro‘yxati joylashtiriladi. Mahsulotlarning o‘zi xaridorga ko‘rinmaydigan joyda saqlanadi;

➖Sigaret qadoqlariga qo‘llaniladigan rasm ko‘rinishidagi tibbiy ogohlantirish hajmi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda;

➖savdo avtomatlari orqali, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish javonlaridan, elektron tijorat ko‘rinishida, masofaviy savdo orqali, shuningdek, ko‘chma (qo‘l, tovoq, savat, qo‘l aravalaridan) savdo orqali, bolalar tovarlari sotiladigan binolarda, o‘yinchoqlar, shirinliklar va boshqa bolalar mahsulotlariga taqlid qilinganda, 21 (hozir 20) yoshga to‘lmagan shaxslarga va ushbu yoshdagi shaxslar tomonidan sotish taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!