O‘zbekiston emas: Markaziy Osiyoda internet qisman erkin bo‘lgan yagona davlat nomi aytildi

O‘zbekiston emas: Markaziy Osiyoda internet qisman erkin bo‘lgan yagona davlat nomi aytildi

Markaziy Osiyo davlatlari internet erkin bo‘lmagan davlatlar guruhiga kiradi. Freedom House xalqaro tashkilotining internet erkinligi bo‘yicha yillik hisoboti ma’lumotlari shundan dalolat beradi.

Freedom House ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hamon mintaqada internet hech bo‘lmaganda qisman erkin bo‘lgan yagona davlat – 70 mamlakat ichida 36-o‘rin (53 ball). Qozog‘iston va O‘zbekiston esa erkin internetga ega bo‘lmagan mamlakatlar ro‘yxatida qolmoqda — mos ravishda 53-o‘rin (32 ball) va 60-o‘rin (27 ball). Tojikiston va Turkmaniston esa bu reytingda umuman yo‘q.

Joriy reyting Freedom House tomonidan 2021 yil 1 iyundan 2022 yil 31 maygacha olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Reyting ishtirokchilari uchta asosiy mezon bo‘yicha baholandi: Internetga kirishdagi to‘siqlar, kontentga kirishdagi cheklovlar va foydalanuvchi huquqlarining buzilishi.

Eng erkin internetga ega beshta davlat: Islandiya (95 ball), Estoniya (93 ball), Kosta-Rika (88 ball), Kanada (87 ball), Tayvan (79 ball) va Buyuk Britaniya (79 ball). Ketma-ket sakkizinchi yil oxirgi o‘rinda Xitoy (10 ochko) joylashgan.

Hisobot mualliflari internetdagi global erkinlik ketma-ket o‘n ikkinchi yil kamayganini ta’kidlamoqda. O‘tgan yil davomida 28 ta davlatda vaziyat yomonlashgan, 26 tasida esa yaxshilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!