O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini muddatidan ilgari Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun tasdiqladi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini muddatidan ilgari Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun tasdiqladi

Bugun o‘tkazilgan Ekologik partiyaning IV qurultoyida partiya yetakchisi Abdushukur Xamzayev 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 12 may Ekologik partiya Abdushukur Xamzayev nomzodini prezidentlikka tavsiya qilgan edi. Shundan so‘ng partiya saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etdi va ruxsat oldi.

Qurultay davomida, shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturi ham tasdiqlandi.

Uning saylovoldi dasturida pestisidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan «Yashil O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish, «Yashil viza» dasturini joriy etish, tarmoqlar va hududlarning «yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi»ni ishlab chiqish, yuk tashishni yirik mashinalardan temir yo‘llarga o‘zgartirishga qaratilgan choralar va boshqa vazifalar nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni va «Adolat» sosial-demokratik partiyasi esa Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!