O‘zbekiston bozoriga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasi jalb qilinmoqda

O‘zbekiston bozoriga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasi jalb qilinmoqda

Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirish bo‘yicha OneWeb kompaniyasining geostasionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar, shu jumladan, tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlatning asosiy ehtiyojlarini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Memorandum doirasida «O‘zbekkosmos» agentligi va OneWeb kompaniyasi innovasion past orbital sun’iy yo‘ldosh telekommunikasiya tizimidan foydalanish masalalari bo‘yicha ekspertiza markazini tashkil etishga kelishib oldilar.

Tomonlar chekka hududlar va borish qiyin bo‘lgan qishloq aholi punktlarini, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarni OneWeb aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali Internet bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.

«O‘zbekkosmos» agentligi Bosh direktori Shuxrat Kadirov – «OneWeb kompaniyasi bilan memorandum imzolanishi kosmik aloqa sohasini rivojlantirish sohasida muhim voqea hisoblanishi, O‘zbekiston Respublikasida OneWeb telekommunikasiya xizmatlarining mavjudligi esa davlat axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni samarali amalga oshirish va respublikaning chekka hududlarini ham innovasion aloqa xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi» deb ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!