O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda joylashgan orolchalardagi qamishlar yoqilmoqda

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda joylashgan orolchalardagi qamishlar yoqilmoqda

Surxondaryo hokimligiga ko‘ra, Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunandalar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, yoqish ishlari mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilmoqda.

Hokimlik fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!