«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi: 2026 yilga qadar kambag‘allik 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartiriladi

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi:
➡️ 1-maqsadida:
⏺100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash belgilandi.
➡️ 7-maqsadida:
⏺Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;
⏺«Top-500»ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida «ikki diplomli tizim»ni joriy etish;
⏺10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli «Top-1000» oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish belgilandi.
➡️ 12-maqsadida:
⏺O‘zbekiston Global innovasion indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash belgilandi.
➡️ 27-maqsadida:
⏺2026 yilga qadar kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartirish;
⏺Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish belgilandi.
➡️ 32-maqsadida:
⏺400 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etishga erishish;
⏺Yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish belgilandi.
➡️ 49-maqsadida:
⏺Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investisiyalarni amalga oshirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investisiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investisiyalarni jalb qilish belgilandi.