O‘zbek-xitoy vaksinasi yaratilishida paxta g‘o‘zasini o‘rgangan o‘zbek olimlari qatnashgani aytildi

O‘zbek-xitoy vaksinasi yaratilishida paxta g‘o‘zasini o‘rgangan o‘zbek olimlari qatnashgani aytildi

Qayd etilishicha, professor press-konferensiyada bu savolni berib, tadbirda ishtirok etgan olimlardan javob olgan. Mazkur videoqirqmaning ijtimoiy tarmoqlarda takror tarqalgani va unga berilgan javobning qirqib tashlanganini ommani manipulyasiya qilishga urinish deb baholash mumkin.

«Shunday bo‘lsada professorning savoliga javob beramiz. Vaksinani ishlab chiqish murakkab jarayon bo‘lib, unda biologlar, kimyo mutaxassislari, muhandislar, texnologlar va boshqalar, xususan, o‘simliklarning molekulyar genetikasi (masalan, g‘o‘za) bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar jalb etiladi.

Birinchi va keyingi bosqichlarda (3-faza yakunlanguncha) zamonaviy vaksinalarni yaratish molekulyar biologlar, biotexnologlar, bioinformatika, kimyo mutaxassislarining tadqiqot ishlarini nazarda tutadi. Molekulyar biologlar uchun o‘rganish ob’ekti mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar yoki odamlar bo‘lishi mumkin.

Ushbu ob’ektlarning barchasi uchun bir xil molekulyar genetik va genetik muhandislik yondashuvlari qo‘llaniladi. Mamlakatimizda bunday mutaxassislar unchalik ko‘p emas, ammo ularning barchasi boy tajribaga ega bo‘lib, ular yetakchi xorijiy universitetlar va tadqiqot markazlarida zamonaviy usullar bo‘yicha o‘qitilgan, shuning uchun mamlakat rahbariyatining vazifasi mavjud ilmiy kadrlar salohiyatini jalb qilib, vaksinalarni ishlab chiqarishda bunday mutaxassislardan foydalanish juda muhim.

Aslida molekulyar genetik yoki biotexnolog uchun genom qaysi organizmdan ekanligi muammo emas. Sababi virus, bakteriya, zamburug‘, o‘simlik, hayvon hamda inson genomi bir xil turta kimyoviy «harf»larda yozilgan, bular adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timidin (T). DNK probirkaga tushgandan keyin uni qirqib olish, ko‘paytirish va hujayradan-hujayraga ko‘chirish -hamda uning mahsulotini olish — bu biokimyoviy jarayon bo‘lib, buning uchun virusolog yoki immunolog emas, biotexnolog bo‘lish talab qilinadi. O‘z navbatida, tibbiyot sohasidagi mutaxassislar bilan birga jarayonning keyingi bosqichlari amalga oshiriladi», — deb yozadi vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!