O‘zbek-turkman chegarasida otishma sodir bo‘ldi

O‘zbek-turkman chegarasida otishma sodir bo‘ldi

17 centyabrga o‘tar kechasi Turkmanistonning Farab etrapi va O‘zbekistonning Olot tumani o‘rtasidagi davlat chegarasi qismida o‘tkazilgan reyd vaqtida Amu-Buxoro kanalida otishma sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana” nashri.

Chegara hududidagi kanal kengligi taxminan 80 metrni tashkil qilgan. Chegarachilar havoga ogohlantiruvchi o‘t ochishgan. Qarama-qarshi sohildan ham o‘q uzilgan. Kanal o‘rtasida qayiqda bo‘lgan bir kishi suvga sakrab, o‘zbek qirg‘og‘iga suzib ketgan.

Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasida bir necha marotaba bir-birlariga qarata o‘q otilgan. Ammo voqea natijasida hech kim shikastlanmagan.

Turkmanistonliklar 50ta katta qutidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan sigaretni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan Turkmaniston fuqarosini qo‘lga olgan.

Ish prokuraturaga yuborilgan. Tergovchilar sigaretalar qayerga yetkazilganligi va qaysi savdo do‘konlari orqali sotilganligini aniqlaydilar. Ayni paytda hibsga olinganlarga ikki moddada - kontrabanda va qurolli qarshilik ko‘rsatishda ayblov e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!