Og‘ir judolik: Abdurayim Abduvahobov vafot etdi

Og‘ir judolik: Abdurayim Abduvahobov vafot etdi

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida vafot etdi.

Abdurayim Abduvahobov 1963 yil 8 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U avvalgi Teatr va rassomchilik institutini tugatgan.

Abdurayim Abduvahobov "Shum bola, "Suyunchi", "Muhabbat sinovalar", "18-kvadrat", "Ada emas, dada", "Firibgar", "Osiy banda", "Poyga", "Bevalar", "So‘nggi nafasimgacha", "Sevgi balki, bu jannat 2", "Nazira" kabi filmlarda rol ijro etgan.

Shuningdek, "Tojikfilm" studiyasida tasvirga olingan "Jo‘ra ovchi" filmida ham rol o‘ynagan. Abdurim Abduvahobov "Chimildiq" spektaktlida ham rol ijro etgan.

Saytimiz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!