“O‘zbek sahnasiga chiqishni istayman”: San Jay prezidentga murojaat yo‘lladi

“O‘zbek sahnasiga chiqishni istayman”: San Jay prezidentga murojaat yo‘lladi

San Jay taxallusi ostida ijod qilayotgan asli navoiylik Sanjar Javberdiyev o‘z ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston prezidentiga murojaatnomasini joylashtirdi. 10-daqiqalik video murojaatida reper uzoq muddat davomida “O‘zbekkonsert” tarafidan yakkaxon konsert o‘tkazishga ruxsat ololmayotganidan nolidi.

“Ruxsatnoma uchun mendan keyinroq hujjat topshirganlar allaqachon shahar bo‘ylab konsert afishalarini osib chiqqan, men esa haligacha javob kutyapman”, - deydi u.

Reper so‘zlariga qaraganda, u har yili konsert faoliyatini olib borish uchun 20 million so‘mli lisenziyani olishga majbur bo‘lyapti, ammo uning hech qanday foyda bermayotganiga, yakkaxon konsertga ruxsat hanuzgacha berilmaganiga shikoyat qildi.

“Istagim - Toshkentda 100% jonli ijrodan tashkil topgan, Yevropa standartlariga to‘liq javob beradigan konsert qo‘yish”, – deydi San Jay. – “Mening qo‘shiqlarim faqat yaxshilikka da’vat etadi”.  

Istiqbolda, reper "o‘zbek estradasini dunyo miqiyosiga olib chiqib, o‘zbek tilida jahon xitini yaratish"ni maqsad qilib olganini ham aytdi. 

Mavjud to‘siqlar haqida gapirar ekan, u “kimgadir tashqi ko‘rinishim, imidjim yoqmayotgandir, bilmadim”, - deya yakun yasadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!