O‘zbek kurashchilari Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi

O‘zbek kurashchilari Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshlashdi

Bahraynning Manama shahrida sport kurashlari bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi kun doirasida O‘zbekistonlik “klassik” kurashchilar 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Unda -77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Samandar Bobonazarov qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Azamatjon Abdubannobov (-87 kg) hamda Temurbek Nasimov (-130 kg) shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Alisher G‘aniyev (-55 kg) esa bronza medali bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!