O‘zbek boksi qanday qilib korrupsiyani yengdi?

A A A
O‘zbek boksi qanday qilib korrupsiyani yengdi?

O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunov mamlakat chempionatlarida hakamlik tizimi qanday tashkil etilishi hamda bu korrupsiyani yengishga qanday yordam bergani haqida gapirdi.

“Bizning federasiya respublika chempionatiga barcha hakamlarni xorijdan taklif qilishga qaror qilgan. Agar adashmasam, bu tizimni uch-to‘rt yildan beri davom ettiryapmiz. Hakamlarning chipta, mehmonxona va mehnat haqlarini to‘lab beramiz”, dedi Ro‘ziohunov.

“Demak, korrupsiya deyarli yo‘q, to‘g‘rimi?”, degan savolga Ro‘ziohunov quyidagicha javob berdi:

“Ha, to‘g‘ri. Chunki ular o‘z ish haqlarini rasmiy tarzda olishadi. Balki shuning uchun ham biz hozir boksda yetakchimiz. Oxirgi musobaqada o‘nta medaldan oltitasini yutdik”, deya qo‘shimcha qildi Ro‘ziohunov ZBS Podcast dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Liverpulda bo‘lib o‘tgan World Boxing jahon chempionatida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston bokschilari esa 4 ta oltin medal bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi

Бу ўзгариш ташаббускорлари айнан Африка мамлакатлари бўлди — уларнинг фикрича, эски харита қитъа ҳажми ҳақидаги тасаввурни жиддий бузиб кўрсатади.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонад