Uyida saqlangan yirtqich qush ekologlarga topshirildi

Uyida saqlangan yirtqich qush ekologlarga topshirildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qumoy Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahallasida yashovchi fuqaro M.Oning uyida saqlanayotgani aniqlandi.

M.Oning ma’lum qilishicha, O.R ismli do‘sti qushni Sangardak tog‘laridan kasal holida topib olib, parvarish qilish uchun olib kelib bergan.

Fuqaro M.O yirtqich qush O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilganini, yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash mumkin emasligini bilmasligini bildirib, qumoyni o‘z ixtiyori bilan davlat inspektorlariga topshirdi.

Qumoyning sog‘lig‘ini tekshirish va unga kerakli bo‘lgan parvarishlarni qilish uchun vaqtinchalik Termiz hayvonot bog‘ining veterinar xodimlariga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!