O‘tgan yili Eronda 697 kishi qatl etilgan

O‘tgan yili Eronda 697 kishi qatl etilgan

Eron hukumati oxirgi bir yilda 697 kishini qatl qildi. Bu haqda Eron huquqiy himoya tashkiloti hisobotida aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan buyon 697 kishi qatl etilgan: “Bu o‘tgan yilga nisbatan 36 foizga ko‘pdir”.

Hisobotda, 2022-yil sentyabr oyida boshlangan namoyishlarda qatnashgan 7 kishi qatl etilgani, yana 10 nafar namoyishchi o‘limga hukm qilingani qayd etilgan: “82 kishiga o‘lim jazosi berilishi kutilmoqda”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!