“Urguttumangaz” ta’minoti bo‘limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo‘ldi

“Urguttumangaz” ta’minoti bo‘limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Urguttumangaz” ta’minoti bo‘limi xodimlari aholiga yetkazib berilgan 127 218 dona maishiy gaz ballonlarini xonadonlarga o‘rnatib berish xizmati ko‘rsatilmagan bo‘lsada, fuqarolarning ishonchiga kirib, ushbu xizmat uchun 381,7 mln so‘m naqd pullarni firibgarlik yo‘li bilan ortiqcha undirib olishga erishib, ushbu mablag‘larni maxsus hisob raqamga topshirmaslik maqsadida, fuqarolar nomidan gaz ballonlarini o‘rnatib berishni rad qilish to‘g‘risida soxta arizalarini rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Urguttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!