Urgut tog‘larida ikki kishi yo‘ldan adashib qoldi

Urgut tog‘larida ikki kishi yo‘ldan adashib qoldi

Joriy yilning 21 aprel kuni soat 19:00da Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 2 nafar fuqaro Urgut tumanidagi tog‘larda dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganligini ma’lum qilib, pastga tushub olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Urgut tuman yong‘in-qutqaruv qismining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 22 aprel kuni soat 02:45 da fuqarolar «Allayaron» tog‘ining dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda tog‘dan pastga olib tushilgan. Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!