"O‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit berilmayapti. Kredit qachon beriladi?"

"O‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit berilmayapti. Kredit qachon beriladi?"

Prezidentimizning 2018 yil 14 avgustdagi qarorida xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga avtokredit ajratilishi belgilangan edi. Ushbu masalada bankka murojaat qilsam bunday kredit berilmayotganini aytishdi. Shu to‘g‘rimi?

S.Formonov.

Ushbu savolga javob topish maqsadida Zarnews Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan bog‘landi.

Tashkilot mutaasaddilari O‘qituvchilarga bunday kreditlar berish hali boshlangani yo‘q. Jarayon boshlansa, bu haqda albatta, o‘qituvchilarni xabardor qilamiz , deb javob berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!