O‘qituvchi onlayn qimor sababli hamkasbining bank kartasidagi pullarini o‘g‘irladi

A A A
O‘qituvchi onlayn qimor sababli hamkasbining bank kartasidagi pullarini o‘g‘irladi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 1978 y.t., maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, fuqaro A.V., IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidan jami 1.545.000 so‘m pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligini ma’lum qilib, jinoyatchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1988 y.t. R.A., sodir etganligi aniqlangan.

R.A. jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi ma’lumotlari va sms-xabarnomasini qo‘lga kiritish orqali to‘lov tizimlaridan foydalanib barcha pullarni "1xBet" onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga yutqazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi

R.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!