O‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirib qo‘ydi

O‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirib qo‘ydi

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, voqea kecha, 22 aprel kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan.

O‘sha kuni 1-«A» sinfga ingliz tili darsini o‘tayotgan o‘qituvchi R.T. (1999 yilda tug‘ilgan) darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli, go‘yoki tarbiyaviy chora deb, 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarni o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan.

Shuningdek, o‘qituvchi mazkur holatni o‘zining telefon apparatida tasvirga olib, Telegram orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!