«O‘qishga joylab qo‘ya­man»: Samarqandda firibgarlik fosh bo‘ldi

A A A
«O‘qishga joylab qo‘ya­man»: Samarqandda firibgarlik fosh bo‘ldi

Shu kunlarda oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun nihoyatda hayajonli damlar kechmoqda. Hademay yetarli ball to‘plagan bilimli, iqtidorli, qobiliyatli yoshlarga omad kulib boqadi va talabalik baxti nasib etadi.

Lekin «o‘qishga joylab qo‘ya­man» deguvchi, o‘rni kelganda firibning ming bir usulini qo‘llashdan toymaydigan kimsalarning ham borligini unutmaslik kerak.

Mamlakatimizda keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilishning aniq mezonlari ishlab chiqildi. Endilikda ana shu mezonlar asosida talabalar kunduzgi va sirtqi bo‘limlarga o‘qishga qabul qilinmoqda.

Bu o‘rinda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyunda qabul qilingan «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qarorini alohida ta’kidlash lozim. Mazkur hujjatda bakalavriat va magistratura bos­qichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilab berilgan.

Shuningdek, qarorda abituriyentlarni to‘lov-shartnoma bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilishning tartibiga oydinlik kiritilgan. Abituriyentlarni qiziqtirgan barcha savollarga ushbu huquqiy hujjatda batafsil javob berilgan, desak, yanglishmaymiz.

Jabrlanuvchi Nafisa Shoimova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) abituriyentlarni to‘lov-shartnoma bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha o‘qishga qabul qilish tartiblarini yaxshi bilardi. Biroq o‘zgalarga ishonuvchanlik odamga pand berarkan. U ana shu ishonuvchanligi ortidan firibgarlarga topgan-tutganini qo‘shqo‘llab topshirib, ham moddiy, ham ma’naviy uqubatga duchor bo‘ldi.

N. Shoimova Oqdaryo tumanidagi maktablarda bir necha yil boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Ma’lumoti oliy emasligi uning bundan keyingi pedagogik faoliyatiga to‘sqinlik qila boshlagan.

Ya’ni o‘zi ishlab turgan 56-sonli umumta’lim maktabi direktori tomonidan N. Shoimovaga ma’lumotini oliy qilmasa, kelgusida ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lishi aytilgan. Shu bois, Nafisa Samarqand davlat universitetining sirtqi ta’lim boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish niya­tida edi.

O‘tgan yilning iyun oyida u Samarqandga malaka oshirish kursiga o‘qishga kelgan chog‘ida Toyloq tumanida yashovchi bir kishi bilan tanishib qoladi.

O‘sha odam o‘zini Boborahmat Usmonovman deb tanishtiradi. Nafisa keyinchalik bilsa, Boborahmatning familiyasi Usmonov emas, balki Irisqulov ekan. Yangi tanishining negadir boshqa familiya aytganiga o‘shanda ko‘pam e’tibor bermaydi.

Ko‘chada duch kelgan odamga ishonaverish oqibati yaxshilikka olib bormas ekan. Boborahmat Irisqulov deganlari 1966 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta maxsus, 1997 yildan buyon, ya’ni Nafisa bilan tanishguniga qadar olti marta sudlangan. Ayni chog‘da u «SHAHZODA ULUGBEK SERVIS» mas’uliyati cheklangan jamiyatida sud tomonidan belgilangan axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgandi.

O‘sha tanishuv chog‘ida Boborahmat Nafisadan «SamDUda o‘qiysizmi, ishlaysizmi?» — deb so‘raydi. Nafisa malaka oshirishga kelgani, sirtqi ta’limga o‘qishga kirish uchun hujjat tayyorlayotganini ayt­ganda, Boborahmat «O‘qishga kirishingizga yordam beraman», — deya va’da beradi.

Biroq N. Shoimova imtihonlardan o‘tolmaydi. Shundan so‘ng u B. Irisqulovga qo‘n­g‘iroq qilib, omadi kelmaganini aytadi. Shun­da B. Irisqulov «Super-kontrakt yo‘li bilan talabalikka qa­bul qilinishingiz mumkin. Men imkoniyatlar qidirib ko‘raman», — deydi.

2019 yili avgust oyining so‘ng­gi kunlaridan birida Nafisa bilan Boborahmat Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi oldida uchrashishadi. Suhbat chog‘ida Nafisa sirtqi ta’limda o‘qish uchun kontrakt to‘lovini yigirma baravardan ko‘proq — 126 million so‘m to‘lashi zarurligi, buncha puli yo‘qligidan yozg‘iradi.

— Siz 3 ming AQSh dollari bersangiz, men «SHAHZODA ULUGBEK SERVIS» mas’uliyati cheklangan jamiyati hisob raqamidan 126 million so‘mni o‘qishingizga ko‘chirib beraman, — deydi B. Irisqulov gerdayib.

Bu gapni eshitib, Nafisaning yuzi yorishadi, o‘qishga kirishga umid nishonasi paydo bo‘ladi.

— Firmaning qolgan pullarini qanday qaytaraman? — deya qi­ziqish va xavotir aralash so‘­raydi u.

— Buning yo‘li oson, — deydi Boborahmat gapida yana dadillanib. — Siz beradigan 3 ming dollarni 126 million so‘mdan chegirib tashlaymiz. Keyinchalik qolgan pullarni yil davomida firmaga bo‘­lib-bo‘lib qaytarasiz, xolos.

Xullas, Nafisa bir hafta ichida 3 ming dollar bilan universitetning to‘lov-shartnoma varag‘ini olib keladigan, Boborahmat esa, hojat chiqaradigan bo‘ladi.

Talaba bo‘lishdek shirin orzu-xayollar og‘ushida uyiga qaytgan N. Shoimova ikki bosh qoramolini bozorga chiqaradi. Keyin esa, tilla taqinchoqlarini sotadi, jami 2 ming 200 dollar yig‘adi.

2019 yil 7 sentyabr kuni soat o‘n yettilarda Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasida joylashgan «Bank kolleji» binosi oldida B. Irisqulovga shu mablag‘ni beradi. So‘ng 16 oktyabr kuni universitet buxgalteriyasiga borib, to‘­lov-shartnoma varaqalarini oladi, ularni ham B. Irisqulovga topshiradi.

Oradan yigirma besh kun o‘tadi va 6 noyabrda ular shaharning universitet xiyobonida uchrashishadi. B. Irisqulov Nafisaga «SHAHZODA ULUG­BEK SER­VIS» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan to‘ldirilib, rahbari S. Xolyorov imzosi qo‘yilgan va muhr bosilgan to‘lov-shartnoma varag‘i hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 126 million 976 ming so‘m ko‘chirilgani haqi­dagi ma’lumotnomani beradi.

To‘lov-shartnoma varag‘i ham­da ma’lumotnomani olgan Nafisa Boborahmatga qayta-qayta minnatdorchilik bildiradi va ularni universitet buxgalteriyasiga topshiradi.

Buxgalteriyadagilar «pullar tushsin, biz sizga qo‘ng‘iroq qi­lamiz», deb qo‘l telefoni ra­qamini yozib olib qolgandi. Ammo oradan bir necha hafta o‘tsa-da, Nafisaga qo‘ng‘iroq bo‘lmaydi. Shundan so‘ng uning o‘zi universitet buxgalteriyasiga boradi.

Nafisa topshirgan to‘lov-shartnoma bo‘yicha universitet hisob raqamiga bir so‘m ham pul tushmagan ekan. Bundan taajjublangan N. Shoimova darhol B. Irisqulovga qo‘ng‘iroq qiladi.

— Sizdan uzr so‘rayman, — afsus ohangida javob qaytaradi B. Irisqulov. — Bitta raqam noto‘g‘ri yozilgan ekan, shu sabab pul tushmay qoldi. Qaytadan yana shartnoma varaqasi olib bering, ishni tezda hal qilaman.

N. Shoimova yana boshqa shart­noma-to‘lov varag‘i nusxasini olib, B. Irisqulovga yetkazadi. Bir necha kundan so‘ng qo‘ng‘iroq qilib, Boborahmatdan «natija nima bo‘ldi?», — deb so‘raydi. Bu gal B. Irisqulov «Bank ishlamayapti», degan javob bilan qutuladi.

Shu tariqa B. Irisqulovning bahonalari ko‘paygandan-ko‘payib borayotgandi.

Nafisaning o‘qishiga to‘lanishi lozim pulning esa, aslo daragi yo‘q edi.

Qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilaverib, asablari toliqib ketgan Nafisa bora-bora Boborahmatga ishonmay qo‘yadi. Firibgar bo‘l­sa kerak, aldandim deb o‘ylaydi va ichki ishlar idorasiga murojaat qiladi.

Mazkur jinoyat ishini sudda mazmunan ko‘rish jarayonida haqiqiy holat to‘liq oydinlashdi.

Sudlanuvchi B. Irisqulov Samarqand davlat universitetining to‘lov-shartnoma asosida mutaxassis tayyorlashga 2019 yil 16 oktyabrda tuzilgan 6343-sonli shartnoma varag‘ini olib, unga va 154-sonli to‘­lov topshiriqnomasiga go‘yoki N. Shoimovaning o‘qishi uchun universitet hisob raqamiga 126 million 976 ming so‘m pul mablag‘lari ko‘chirilganligi to‘g‘risida mas’uliyati cheklangan jamiyatning muhrini bosgan.

MCHJ direktori S. Xoliyorovning imzosini qalbakilashtirib qo‘ygan.

Soxtalashtirilgan ana shu to‘lov-shartnomasi va to‘lov topshiriqnomasini jabrlanuvchi N. Shoimovaga bergan. Sodda va ishonuvchan N. Shoimova ularni universitet buxgalteriyasiga topshirgan.

Sudda sudlanuvchi B. Iris­qulovning jinoyat sodir etishdagi holatlari to‘liq muhokama qilindi. Jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlashtirildi.

Jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan zarar qoplanmagan. Shu sababdan N. Shoimovaning sudlanuvchiga nisbatan da’vosi borligi e’tiborda tutildi.

Sud sudlanuvchini jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin emas, degan xulosaga keldi.

Sudlanuvchi B. Irisqulov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topildi.

Unga har bir modda bo‘yicha alohida-alohida jazo belgilanib, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil besh yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi B. Irisqulovdan jabrlanuvchi N. Shoimova foydasiga 22 million 332 ming 200 so‘m pul undiriladigan bo‘ldi.

Xulosaga to‘xtalish, ortiqcha izoh berishga, nazarimizda, hojat yo‘qqa o‘xshaydi. Negaki, o‘zgalar hisobidan kun ko‘rishga urinuvchi firibgar kimsalar avval ham bo‘lgan, hozir ham bor, bundan keyin ham ularning bo‘lmasligiga hech kim kafillik berolmaydi.

Biz bayon etgan jinoyat ishidagi N. Shoimova singari aldov qurboniga aldanmaslikning yagona yo‘li bu — ehtiyotkorlik. Shunday emasmi?!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Pentagon Eronga o‘z qo‘shinlarini joylashtirish ssenariysini tayyorlamoqda

Бу ҳақда АҚШнинг БМТдаги доимий вакили Майк Уольтц Fox News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Erondagi urush qachon tugashi aytildi

Бу ҳақда Ynet нашри хабар берди.

AQSh harbiylari orasida “Isroil uchun o‘lishni” istamaydiganlar ko‘paymoqda

АҚШнинг Эронда қуруқлик операцияси эҳтимоли "тўлиқ фалокат" билан якунланиши мумкин

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.

Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Жасад 2026 йилнинг 23 март куни “Истанбул-Андижон” рейси орқали Ўзбекистонга юборилди.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ҳолат юзасидан Сирдарё вилоят прокуратураси томонидан мазкур МИБ давлат ижорчиларига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.