Unutmang! Homilador ayollarga qosh terish mumkin emas

Unutmang! Homilador ayollarga qosh terish mumkin emas

Homilador ayolning qosh terishi tug‘ilajak bolaning markaziy asab tizimiga nihoyatda katta ziyon yetkazar ekan. Qayd etilishicha, insonning qosh va ko‘z orasi asab tolalari eng ko‘p joylashgan xudud ekan. Qoshning har bir tuki yulinganda, ona asab tizimi orqali endigina rivojlanayotgan homilaning bosh miyasida bittadan asab tomiri uzilishining tibbiyot olimlari aniqlashibdi. Ayol homiladorlik davrida har qanaqangi xavotirli holatdan o‘zini asraydi. Biroq nafaqat qoshini, balki yuzidagi tuklarini ham terdirar ekan, endigina dunyo yuzini ko‘rayotgan bolalar nega miya qon bosimi xastaligi bilan tug‘ilayotganini o‘ylab ko‘rmaydi. Holbuki yulib olingan tuklarning o‘rni ochilib, ildizlari jarohatlanadi. Ochiq jarohatga esa, o‘z o‘zidan mikrob tushadi.

Abdulloh ibn Ma’sud roziyallohu anahu rivoyat qilgan xadisda Rasululoh solallohu alayhi vasallam mo‘ychinoq ila terivuchi ayollarni va mo‘ychinoq bilan terdiruvchi ayollarni, Allohning yaratganini o‘zgartiruvchilarni la’natlaganlar. Hozirgi zamon ayollari qil, degan ishni qilmaydigan, qilma degan ishni qiladigan odat chiqarishadi, olishga buyurilgan bo‘lsada tirnoq o‘stirishadi. Ilmda aniqlanishicha tirnoqlar orasidagi bir misqol kirda minglab mikrob mavjud bo‘lar ekan. Holbuki ayol ovqat tayyorlaydi, dasturxon yozadi, non yopadi va xakozo tirnoq esa xaligiday.

Agar tirnoq o‘ssa, kishi tez sovqotadigan bo‘lib qolar ekan, ehtimol odamning soviqligi oshib ketar. Balki vujudimizdagi o‘lik xujayralar, ya’ni sovuqlik tirnoq orqali chiqib ketar, qachondir tibbiyot buni ham isbot etar. Har holda Alloh va uning Rasuli bandalarini bejizga bir narsaga buyurib, bir narsadan qaytarmagan-ku.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!