“Universiada-2019”ning ilk medallar shodasi egalariga topshirildi

“Universiada-2019”ning ilk medallar shodasi egalariga topshirildi

13 aprel kuni Universiada-2019 sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichiga start berildi. Shu kuni sportning Yengil atletika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

Engil atletikaning yugurish, yadro itqitish, balandlikka sakrash, estafeta yugurish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash kabi turlarida universitet jamoasi umumiy hisobda 13ta oltin, 5ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan 15 aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida Universiada-2019 sport musobaqalarining ilk g‘oliblarini tabriklashga bag‘ishlangan marosim tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori SH.S.Sharipov so‘zga chiqib, sportchi talabalarni g‘alaba bilan qutladi hamda ularga musobaqalarning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!