“Umra – 2023” mavsumining navbatdagi bosqichi boshlandi

Bugun, 14 sentyabr kuni “Umra – 2023” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Ma’lumot o‘rnida, har 3 kunda bir marotaba amalga oshiriladigan aviaqatnov yurtimizdan Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. Ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi.
Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari (ellikboshi) hamda malakali shifokorlar hamyurtlarimizga xizmat ko‘rsatadi.
Ziyoratchilar Madinada “Saraya Harmoniy”, Makka shahrida esa “Olyan Maasi” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Mehmonxonalarda 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Umra ibodatini ado etuvchilar 10 kun mobaynida ikki haramda toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish bilan birga Makka va Madina shaharlarida muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qilishadi.