Ummon Shvesiya va Eronga mahbuslarni almashishda yordam berdi

Ummon Shvesiya va Eronga mahbuslarni almashishda yordam berdi

Shvesiya va Eron mahbuslarni almashish to‘g‘risida shartnoma tuzdi. Ummon vositachiligida kelishuvga erishildi. Ayirboshlash 15 iyun kuni Maskatda bo‘lib o‘tdi.

Shvesiya hukumati Eron rasmiysi Hamid Nuriyni ozod qildi. U 1988 yilda Eronning Gohardasht qamoqxonasidagi mahbuslarni ommaviy qatl qilish va qiynoqlarda ishtirok etgani uchun hibsga olingan.

Eron rejimi Shvesiya fuqarolari Yoxan Floderus va Said Aziziyni ozod qildi. Floderus Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olingan, Eron fuqaroligiga ega Aziziy esa milliy xavfsizlikka qarshi til biriktirganlikda ayblangan.

Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonning aytishicha, Tehron Stokgolmni Nurini ozod qilishga majburlash uchun Shvesiya fuqarolaridan foydalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!