Umidlarni so‘ndirgan “Umid avtolizing” kirdikorlari...

A A A
Umidlarni so‘ndirgan “Umid avtolizing” kirdikorlari...

Bugun ba’zi bir “tadbirkor”lar yolg‘onchilikni o‘zlariga kasb qilib olgan. Ularni deb qanchadan-qancha insonlar sarson-sargardon. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga avtolizinglardan aziyat chekayotgan yurtdoshlarimiz murojaatlari shu kunlarda keskin oshib ketdi. Ayniqsa, “Umid avtolizing”MCHJdan “kuyib“ qolayotganlar fig‘oni ko‘kni tutmoqda.

Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga murojaat qilar ekan, Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 2018 yilda shartnoma tuzib, DAMAS 3 DLX avtomashinasini buyurtma qilganini biroq buyurtmasi unga yetib kelmaganligini ma’lum qilgan.

Shartnomaga binoan MCHJ hisob raqamiga 31 250 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan. Mashinani oladigan fursat kelib, o‘tib ketsa hamki, avtoulovdan darak bo‘lmagan.

Federasiya tomonidan tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng 40 kun ichida avtomashina uchun to‘langan pul qaytarib berilishini zimmalariga olgan “Umid savdo fayz invest” MCHJ o‘z va’dasida turmadi.

Federasiya mutasaddilari ham bu ishni oxiriga yetkazmay qo‘yishmadi. Va’da berib bajarmaydiganlar avtomobil uchun to‘langan boshlang‘ich pul mablag‘ini egasiga qaytarib berishga majbur bo‘ldi.

QONUNLAR KUCHGA KIRSA...

Olot tumani “Denov” MFY istiqomat qiluvchi O‘tkir Azimov yaxshi niyat bilan Buxoro shahridagi “Umid avtolizing” MCHJga “Nexia-3” yevro 2-pozisiya avtomashinasi uchun shartnoma asosida pul to‘laydi.

Naqd 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘mni hech qanday e’tirozlarsiz, o‘z vaqtida topshiradi va avtoulov kelishini kutadi. Buni qarangki, na avtomobildan darak bor, na shartnomadagi va’da berilgan shartlardan. Natijada iste’molchi O‘tkir Azimov fuqarolik huquqlari poymol etilganini tushunib yetadi hamda shartnomani bekor qiladi.

Biroq “Umid avtolizing” tashkiloti 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘m pulni qaytarishni paysalga solib keladi.

Sabr kosasi to‘lgan xaridor to‘lagan barcha pulini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Ishonch telefoni 1091 ga murojaat qiladi. Federasiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqishdi.

Har ikki tomon bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonun haqida tushuntirish berildi.

Natijada O‘tkir Azimov tomonidan to‘langan 38 000 000 (o‘ttiz sakkiz million) so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi.

“Umid avtolizing” MCHJ esa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonun doirasida dalolatnoma tuzildi.

Buxorolik Shohiddin Ahmedov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federasiyasiga ariza yozib, o‘zini anchadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi. Unga ko‘ra Shohiddin Ahmedov Buxoro shahridagi “Umid avtolizing” korxonasiga “Neksiya 3”avtomobili uchun 2018 yil avgust oyida 34.750.000 so‘m naqd pul to‘lagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi bo‘lgan. Federasiya bunday muammolarga yechim topishga doim harakat qiladi. Uchar tadbirkordan iste’molchining 34.750.000 so‘m naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.

Buxoro shaharida “Umid avtolizing”ni yana bir qurboni Vobkent tumani Yangikent QFY Shirin qishlog‘ida yashovchi fuqaro I. Ramazonov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilgan bo‘lib, ushbu murojaatda qayd etilishicha iste’molchi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MCHJdan NEXIA-3 rusumli avtomashinasi xarid qilish uchun shartnoma tuzgan va iste’molchi shartnomada ko‘rsatilgan 34 750 000 so‘mni to‘lagan. Ammo avtomashinani o‘z vaqtida yetkazilmaganidan norozi bo‘lgan. Iste’molchining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi va tadbirkorning huquqlari tushuntirildi hamda iste’molchining to‘liq 34 750 000 so‘m naqd puli qaytarib berildi.

Buxorodan yana shunday murojaat kelgan bo‘lib, G‘ijduvon tumanida yashovchi Rizqiddin Saidov ham “Umid avtolizing” bilan “Cobalt” avtomashinasi uchun shartnoma tuzib, to‘lov qilgan. Ammo shartnomada keltirilgan vaqtdan oylar o‘tib ketsa-da, mashinadan darak bo‘lmagan. Federasiya mutasaddilari aralashuvi bilan iste’molchiga avtomashina tez fursatda yetkazib berildi.

Kutilgan... ammo egasiga yetib kelmagan avtoulov

Bag‘dod tumani, Nurli yo‘l ko‘chasi, 28-uyda yashovchi M.Hoshimovning o‘z arizasida kuyunchaklik bilan yozgan shikoyati o‘rganilganda u haq bo‘lib chiqdi.

Arizada bayon qilinishicha, “Umid savdo fayz invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati Farg‘ona hududiy bo‘limi va M. Xoshimov o‘rtasida tuzilgan 2018-yil 30 aprel kungi № G‘-26-sonli avans to‘lovi to‘g‘risidagi shartnomaga asosan, Chevrolet Nexia-3 avtomashinasi buyurtma qilingan. M.Hoshimovga jamiyat hisob raqamiga 36 025 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish qayd etilgan. Jamiyatga esa avtomashinani belgilangan muddat davomida iste’molchiga yetkazib berish majburiyati yuklatilgan.

Iste’molchi boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa-da, shartnomada ko‘rsatilgan muddatda Chevrolet Nexia-3 avtomashinasi M.Hoshimovga yetkazib berilmagan. Oxir-oqibat avtomashina yetkazib berilmaganligi uchun shartnomani bekor qilib, to‘lov qilingan summa qaytarilishini so‘rab MCHJga ariza bilan murojaat qilgan. Biroq shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovning qaytarilish muddati o‘tsa ham to‘langan mablag‘ qaytarilmadi.

Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan o‘rganish davomida “Umid savdo fayz invest” MCHJ Farg‘ona hududiy filiali rahbariyatiga tegishli tushuntirishlar berildi. M.Hoshimovning e’tirozlari inobatga olinib, Chevrolet Nexia-3 avtomashinasi uchun to‘langan summa to‘liq qaytarib berildi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Kegayli tumani bo‘limiga tumandagi Aqtuba ovulida yashovchi fuqaro Q.Yusupov murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, iste’molchi 2018 yil 12 iyun kuni “Umidsavdo-fayzinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan lizing asosida oq rangli NEXIA-3 avtomashinasini sotib olish uchun shartnoma tuzganligi va 2018 yil 12 iyun kuni 33 400 272 so‘m, shundan 18 826 272 so‘mini plastik kartadan, 14 574 000 so‘m naqd o‘tkazgani, pul to‘laganiga 250 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, na NEXIAdan va na puldan darak yo‘qligi qayt etilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari o‘rganish ishlarini olib bordi. Unga ko‘ra, haqiqatdan lizing tashkiloti shartnoma shartlarini bajarmagani aniqlandi. Vaholanki, shartnomada pul o‘tkazilgan kundan boshlab 120 ish kunida avtomobilni iste’molchiga topshirilishi ko‘rsatilgan.

Murojaat o‘rganib chiqilgandan keyin 10 kun ichida Q.Yusupov o‘z xohishiga ko‘ra, pulini to‘liq qaytarib oldi.

8 OYLIK UMIDLAR VA KUTISHLAR...

Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan shartnoma shartlariga amal qilinmaganligi sababli oldindan amalga oshirilgan 34 million 710 ming so‘m mablag‘ iste’molchi foydasiga undirildi.

Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Koson tumani Ravot mahallasida yashovchi fuqaro Hasan Samadov ariza bilan murojaat qilib, Qarshi shahrida joylashgan “Umid savdo fayz invest” MCHJ xizmatlaridan noroziligini bildirgan.

Arizada bayon qilinishicha, fuqaro H.Samadov “Nexia-3” rusumli avtomashinani uzoq muddatli lizing asosida sotib olish uchun “Umid savdo fayz invest” MCHJ bilan 2018 yil 6 fevral kuni K-49-sonli shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, u lizing xizmati ko‘rsatuvchiga 34 million 710 ming so‘m to‘lovni oldindan amalga oshirishi, xizmat ko‘rsatuvchi esa 120 kun muddatda avtomashinani yetkazib berishi lozim edi. Biroq H.Samadov tomonidan to‘lovlar o‘z muddatida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lizing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot transport vositasini yetkazib bermagan. Bu hol joriy yilning 14 sentyabriga qadar davom etgach, fuqaro H.Samadov ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, “Umid savdo fayz invest” MCHJ va fuqaro o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi iste’molchining tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilindi va avtomashinani sotib olish uchun to‘langan pul iste’molchi foydasiga undirib berildi.

Bunday murojaatlarni qator –qator keltirish mumkin. Surxondaryo viloyatidan kelib tushgan arizada Rashid Sheraliyev “Lada Vesta” avtomashinasi uchun 56 mln. 300 ming so‘m to‘lov qilganini, biroq bugunga qadar mashinasi unga yetib kelmaganidan norozi bo‘lgan. Yana bir surxondaryolik Gulnora Javliyeva ikkita “Damas” avtomashinasi uchun 67 million so‘m to‘lov qilgan. Bu iste’molchi ham ancha sarson bo‘lib yurgandan so‘ng, Federasiya xodimlarining sa’y harakati bilan 33 million so‘m mablag‘ini qaytarib olgan. Qolgan 33, 5 million so‘mni hanuzgacha olishga qiynalishmoqda.

Keltirilgan murojaatlarni o‘rgana turib, o‘ylab qolasan kishi yurtimizning turli burchaklarida o‘z bo‘limlarini ochgan “Umid avtolizing” MCHJ nahotki, mehnatkash, sodda, mashina olish uchun peshona teri bilan mehnat qilib pul topadigan xalqimizni aldashni maqsad qilishgan bo‘lsa? Zotan “Umid avtolizing” MCHJ xodimlari, rahbari “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi” naqlini unutmasa bo‘lgani. Xalqni norozi qilib topilgan daromad esa hech kimga buyurmaydi!

Gulnoza Sharafova,

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi yetakchi mutaxassisi

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

AQSh va Isroil Xarg oroliga hujum qildi: qurbon bor

Бу ҳақда Tasnim маълум қилди.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.