Ular qayerda? 13 ming erkak bedarak yo‘qoldi

Ular qayerda? 13 ming erkak bedarak yo‘qoldi

Joriy yilning 5 avgustidan keyin, ya’ni Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatining keng muxtoriyat maqomini bekor qilganidan beri bu yerda 13 mingga yaqin erkak qo‘lga olingan, ularning taqdiri haligacha noma’lum. 

Bu haqda Hindiston ayollar forumi (MWF), Hind ayollari milliy federasiyasi (NFIW) va Progressiv ayollar tashkiloti (PMS) hamkorlikda tayyorlagan hisobotda qayd etilgan.

“Haqiqat izlab” deb nomlangan hisobot 17-21 sentyabr kunlari Jammu va Kashmirga amalga oshirilgan safarga asoslanib tayyorlangan.

Hindiston ayollar forumi yetakchisi Sayyoda Hamidning aytishicha, Jammu va Kashmirga safar asnosida bedarak yo‘qolganlarning oilalari va yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazilgan.

“Beshinchi avgustdan beri Jammu va Kashmirda 13 mingga yaqin erkak qo‘lga olingan. Odamlar hind askarlari yoshlari hibsga olayotganini, ularning ozod etilishi uchun 20-60 ming rupiy talab qilinayotganini aytishdi”, – deydi Sayyoda Hamid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kashmirliklar shom namozidan keyin uylaridagi chiroqlarni o‘chirib qo‘yishyapti. Aks holda bu komendantlik soati rejimining buzilishi deb baholanyapti va xavfsizlik kuchlari uydagi erkaklarning barini olib ketyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!