«Ukrainaning kelajagi sharqiy jang maydonlariga bog‘liq» — Zelenskiy

«Ukrainaning kelajagi sharqiy jang maydonlariga bog‘liq» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kelajagi Baxmut va uning sharqidagi boshqa muhim shahar va aholi punktlari atrofida davom etayotgan janglar natijasiga bog‘liqligini aytdi.

“Sharqdagi holat juda og‘ir, juda ayanchli. Biz dushmanning harbiy qudratini yo‘q qilishimiz kerak va buni albatta amalga oshiramiz”, dedi Zelenskiy.

"Belogorovka va Marinka, Avdeevka va Baxmut, Ugledar va Kamenka", dedi Zelenskiy asosiy jang maydonlarini nomlab, "va kelajagimiz hal qilinadigan boshqa barcha joylar. Ular bizning kelajagimiz, barcha ukrainaliklarning kelajagi uchun kurash ketayotgan joylardir”, deya ta’kidladi prezident.

"Men hozir jang qilayotgan har bir kishidan minnatdorman. Yonma-yon turgan birodarini sotmagan har bir insonga rahmat aytaman", deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya Baxmutning qo‘lga olinishi butun Donesk viloyati ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘l ochadi, bu esa Moskva uchun urushning asosiy maqsadi ekanini aytdi.

Vagnerning yollanma qo‘shini boshchiligidagi rus qo‘shinlari Baxmutning sharqiy qismini egallab oldi, biroq so‘nggi haftalarda Ukrainaning mag‘lubiyati yaqin ekani haqidagi da’volarga qaramay, hozircha shaharni o‘rab ololmadi. NATO ham o‘tgan hafta Baxmut bir necha kun ichida qulashi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!