Ukrainalik harbiylar Xitoy dronini urib tushirishgan

Ukrainalik harbiylar Xitoy dronini urib tushirishgan, deb xabar berdi CNN. U xitoyliklarning tijorat maqsadlarida ishlab chiqarilgan va harbiy maqsadlarga qayta jihozlangan Mugin-5 droni bo‘lgan. U past balandlikda uchgani sabab o‘qotar qurol bilan urib tushirilgan.
Xitoyning Mugin Limited kompaniyasi Ukrainada aynan ular ishlab chiqargan pilosiz uchar qurilma urib tushirilganini tasdiqlagan. Ular o‘z dronidan jangovar harakatlarda foydalanilayotganidan taassufda ekanligini bildirib, “bu ishlarni to‘xtatish uchun barcha narsa qilishlari”ni ta’kidlashgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)