Ukrainaga yordam byudjetimiz tugayapti... - Pentagon

Ukrainaga yordam byudjetimiz tugayapti... - Pentagon

AQSh dastlab tasdiqlangan harbiy byudjeti doirasida Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda, biroq bu mablag‘lar tugaydi.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx ma’lum qildi.

"Biz Ukrainaga joriy prezidentlik byudjetidan qolgan mablag‘ bilan yordam berishda davom etamiz. Mablag‘larimiz tugash arafasida", - dedi u.

Singx qo‘shimcha qilishicha, Amerika rasmiylari Kongress prezident Baydenning Ukrainaga qo‘shimcha yordam so‘rashini yaqin haftalarda qabul qilishiga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!