Ukrainada yaqin kelajakda qurollar qonuniylashtirilishi mumkin

Ukrainada yaqin kelajakda qurollar qonuniylashtirilishi mumkin

Ukrainada yaqin kelajakda qurollarni qonuniylashtirish kerak. Bu fuqarolarning tajovuzkorlik darajasini pasaytiradi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vadim Denisenko ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakat aholisining qo‘lida shunchalik ko‘p qurol borki, huquq-tartibot xodimlari ularni olib ketish nihoyatda qiyin bo‘ladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Oliy Rada allaqachon birinchi urinishdayoq qurollarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgan.

“O‘ylaymanki, jamoatchilik fikri qurollarni qonuniylashtirishga tayyor... Qurol qonuniylashtirilishiga ishonaman”, - dedi Denisenko.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!